Menyu

Buxoro davlat universitetining 16 ta ta’lim dasturi akkreditatsiya natijalari asosida tan olindi

6 Iyul, 2026

36

Buxoro davlat universitetining Germaniyaning Akkreditatsiya, sertifikatlashtirish va sifatni ta’minlash instituti (ACQUIN) tashkiloti tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazilgan 16 ta taʼlim dasturi Oʻzbekiston Respublikasida tan olindi.

Xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan taʼlim dasturlari bilan tanishing:

Bakalavriat bosqichi – 9 ta taʼlim dasturi:

➖ Iqtisodiyot;
➖ Buxgalteriya hisobi;
➖ Moliya va moliyaviy texnologiyalar;
➖ Yurisprudensiya;
➖ Biologiya;
➖ Kimyo;
➖ Fizika;
➖ Matematika;
➖ Amaliy matematika.


Magistratura bosqichi – 7 ta taʼlim dasturi:

➖ Iqtisodiyot;
➖ Buxgalteriya hisobi;
➖ Biologiya;
➖ Kimyo;
➖ Fizika;
➖ Matematika;
➖ Amaliy matematika.


Oʻzbekiston Respublikasida tan olinadigan xalqaro, xorijiy va nodavlat akkreditatsiya tashkilotlari reyestri bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Powered by GSpeech