Menyu

Andijon davlat universitetining 11 ta ta’lim dasturi xalqaro akkreditatsiya natijalari asosida tan olindi

23 Iyun, 2026

119

Andijon davlat universitetining 11 ta taʼlim dasturi Germaniyaning Akkreditatsiya, sertifikatlashtirish va sifatni ta’minlash instituti (ACQUIN) xalqaro akkreditatsiya tashkiloti tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazilgan hamda ularning natijalari Oʻzbekiston Respublikasida tan olindi.

Xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan taʼlim dasturlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

Bakalavriat bosqichi – 6 ta taʼlim dasturi:
Kimyo;
Axborot xavfsizligi;
Biologiya;
Matematika;
Iqtisodiyot;
Fizika.

Magistratura bosqichi – 5 ta taʼlim dasturi:
Yarimoʻtkazgichlar fizikasi;
Kimyo;
Axborot xavfsizligi;
Biologiya;
Matematika.

Ma’lumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro, xorijiy va nodavlat akkreditatsiya tashkilotlari reyestriga kiritilgan tashkilotlari tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazilgan taʼlim dasturlari tan olinadi.

Powered by GSpeech