29 Iyul, 2026
38
Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan oʻtkazilgan maxsus davlat akkreditatsiyasi natijalariga koʻra, Buxoro davlat universitetining 10 ta taʼlim dasturi belgilangan talablarga muvofiq deb topildi.
Bakalavriat – 4 ta:
➖Davolash ishi;
➖Tibbiy profilaktika ishi;
➖Davlat auditi;
➖Yurisprudensiya.
Magistratura – 6 ta:
➖Biznesni boshqarish (Master of Business Administration – MBA);
➖Amaliy siyosatshunoslik;
➖Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari;
➖Davlat auditi va moliyaviy nazorati;
➖Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasi;
➖Biznes huquqi.
Mazkur taʼlim dasturlari faoliyati 9 nafar ekspert (4 nafari xorijiy) ishtirokida baholandi.
Maxsus davlat akkreditatsiyasidan o'tgan ta'lim dasturlarining sertifikatlarini ushbu havoladan yuklab olishingiz mumkin.