Ekspert komissiyalari ta’lim tashkilot (dastur)larini davlat akkreditatsiyasidan о‘tkazishning baholash yо‘nalishlari va mezonlariga muvofiqligi bо‘yicha о‘rganishi va baholashi, shuningdek davlat akkreditatsiyasidan о‘tkazish natijalariga asosan tegishli hisobot va tavsiyalarni Akkreditatsiya kengashiga kо‘rib chiqish uchun taqdim etish maqsadida tashkil etiladi.
Ekspert komissiyalarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
- ta’lim tashkilotlari tomonidan tayyorlangan ichki (о‘zini о‘zi) baholash hisobotlarining tо‘liqligi va muvofiqligini kо‘rib chiqish;
- kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan о‘tkazishning baholash yо‘nalishlari va mezonlari asosida tashqi baholashni amalga oshirish;
- kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan о‘tkazishda (zarur hollarda) ta’lim tashkilotlarini joyiga chiqqan holda о‘rganish;
- ta’lim tashkilot (dastur)larini davlat akkreditatsiyasidan о‘tkazish natijalari bо‘yicha hisobotlarni tayyorlash;
- ta’lim tashkilotlarida sifatni oshirish bо‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish;
- ta’lim tashkilot (dastur)larini davlat akkreditatsiyasidan о‘tkazish natijalari bо‘yicha hisobot va tavsiyalarni Akkreditatsiya kengashiga taqdim qilish uchun shakllantirish.