CAMPEP – tibbiy fizika sohasidagi ta’lim dasturlarini akkreditatsiyadan o‘tkazishga ixtisoslashgan xalqaro akkreditatsiya tashkiloti. Tashkilotning asosiy maqsadi – tibbiy fizika ta’limi sifatini ta’minlash, professional standartlarni rivojlantirish hamda mutaxassislar tayyorlash jarayonining yuqori darajada olib borilishini kafolatlashdan iborat.
CAMPEP akkreditatsiyasi magistratura, doktorantura va klinik tayyorgarlik dasturlarining o‘quv mazmuni, ilmiy salohiyati, klinik amaliyoti va moddiy-texnik bazasi belgilangan xalqaro kasbiy talablarga muvofiqligini tasdiqlaydi.
Ushbu akkreditatsiya tibbiy fizika sohasida professional akkreditatsiya va litsenziyalash jarayonlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
CAMPEP akkreditatsiyasi Shimoliy Amerikada tibbiy fiziklar uchun professional sertifikatsiya (masalan, ABR – American Board of Radiology) jarayoniga kirish uchun asosiy talab hisoblanadi. Tashkilot muntazam ravishda akkreditatsiya qilingan dasturlar ro‘yxatini e’lon qiladi va sifat nazoratini qayta baholash orqali olib boradi.