CTI – Fransiyada muhandislik ta’lim dasturlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha xalqaro akkreditatsiya tashkiloti. CTIning asosiy vazifasi – oliy ta’lim tashkilotlarining muhandislik ta’lim dasturlari sifatini baholash hamda tasdiqlashdan iborat.
Agentlik muhandislik dasturlarining akademik mazmuni, amaliy tayyorgarligi, sanoat bilan hamkorligi, xalqaro integratsiyasi va bitiruvchilarning kasbiy kompetensiyalarini xalqaro standartlarga muvofiqligini tekshiradi. CTI akkreditatsiyasi Fransiyada “Diplôme d’Ingénieur” darajasini berish uchun majburiy hisoblanadi va muhandislik ta’limi sohasida yuqori nufuzga ega.
CTI 1934-yilda Fransiya qonuni asosida mustaqil komissiya sifatida tashkil etilgan bo‘lib, uning tarkibiga sanoat sohasi mutaxassislari va akademiklar kiradi. Tashkilot doimiy xodimlar va 2009-yilda jamoat manfaatlariga xizmat qiluvchi assotsiatsiya maqomini olgan ma’muriy operator tomonidan boshqariladi. Moliyaviy manbalarning taxminan 45 foizi Fransiya Oliy ta’lim vazirligi tomonidan, 55 foizi esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri oliy ta’lim muassasalari badallari hisobidan shakllantiriladi.
CTI ning asosiy vazifasi Fransiyada muhandislik ta’lim dasturlarini akkreditatsiyadan o‘tkazishdan iborat bo‘lib, shuningdek talab asosida xorijdagi muhandislik dasturlarini ham akkreditatsiya qiladi. Akkreditatsiyaning maqsadi ikki yo‘nalishga ega: birinchidan, muhandislik diplomlari belgilangan sifat standartlariga muvofiq berilishini ta’minlash; ikkinchidan, bitiruvchilarning kasbiy kompetensiyalari muhandislik kasbiga kirish uchun yetarli bo‘lishini kafolatlash. Shu maqsadda CTI umumiy muhandis bitiruvchisi profili va barcha muhandislik dasturlari bajarishi lozim bo‘lgan minimal sifat standartlarini belgilagan.