AAQ –Shveysariya oliy ta’lim tizimida sifatni baholash va akkreditatsiya jarayonlarini amalga oshiruvchi milliy vakolatli tashkilot hisoblanib, oliy ta’lim tashkilotlarini institutsional akkreditatsiyadan o‘tkazadi, ta’lim dasturlarini baholaydi hamda ichki sifatni ta’minlash tizimlarini audit qiladi.
2015-yil 1-yanvarda Oliy ta’lim sohasini moliyalashtirish va muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi Federal qonun (HEdA) asosida tashkil etilgan bo‘lib, 2001–2014-yillarda faoliyat yuritgan ta’lim sifati agentligining huquqiy vorisi hisoblanadi. Agentlik Shveytsariya Konfederatsiyasi va universitet kantonlari tomonidan moliyalashtiriladi, shuningdek mandat asosidagi mablag‘lar hisobidan faoliyat olib boradi.
AAQ budjeti va moliyaviy hisobotlari Shveytsariya Akkreditatsiya Kengashi (Swiss Accreditation Council – SAC) tomonidan tasdiqlanadi; mazkur Kengash federal hukumat va kantonlarning qo‘shma organi bo‘lib, oliy ta’lim sohasida akkreditatsiya va sifatni ta’minlash bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.
AAQ Shveytsariyada oliy ta’lim sifatini ta’minlash va akkreditatsiya qilish sohasida faoliyat yurituvchi yagona milliy agentlikdir. U HEdA qonuniga muvofiq ravishda Shveytsariya oliy ta’lim muassasalarida institutsional akkreditatsiya jarayonlarini amalga oshiradi. Bundan tashqari, AAQ oliy ta’lim muassasalariga ichki sifat kafolati tizimlarini ishlab chiqish va takomillashtirishda tashqi hamkor sifatida ko‘maklashadi hamda mamlakatda sifat madaniyatini rivojlantirishga hissa qo‘shadi.