ASIIN – muhandislik, informatika, tabiiy fanlar va matematika yo‘nalishlaridagi ta’lim dasturlarini akkreditatsiyadan o‘tkazishga ixtisoslashgan xalqaro akkreditatsiya tashkiloti. Asosiy maqsadi – STEM (Science, Technology, Engineering, Mathematics) sohalarida ta’lim sifatini ta’minlash va rivojlantirishdan iborat.
ASIIN ta’lim dasturlarining akademik mazmuni, o‘quv natijalari, ilmiy salohiyati, sanoat bilan hamkorligi va ichki sifatni ta’minlash tizimlarini xalqaro standartlarga muvofiqligini baholash. ASIIN akkreditatsiyasi Yevropa va xalqaro miqyosda tan olinadi hamda muhandislik va texnik ta’lim sohasida yuqori nufuzga ega tashkilot hisoblanadi.
Shuningdek, agentlik EUR-ACE®, Euro-Inf® va Eurobachelor® kabi xalqaro sifat yorliqlarini berish vakolatiga ega. Akkreditatsiya jarayoni o‘quv dasturining mazmuni, ta’lim natijalari, professor-o‘qituvchilar tarkibi va sifat menejmenti tizimiga asoslanadi.