O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 5-maydagi PF–76-son Farmoniga muvofiq Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga xalqaro hamkorlikni kengaytirish, sifatni baholash sohasidagi xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lish hamda milliy akkreditatsiya tizimining xalqaro darajada tan olinishini ta’minlash vazifalari belgilangan.
Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash, O‘zbekistonning oliy ta’lim sifatini ta’minlash sohasidagi xalqaro integratsiyasini kengaytirish hamda milliy akkreditatsiya tizimini ilg‘or xalqaro amaliyotlar bilan uyg‘unlashtirish maqsadida Agentlik AQSHning Oliy ta’lim akkreditatsiyasi kengashi (Council for Higher Education Accreditation — CHEA) huzuridagi Xalqaro sifat guruhi (International Quality Group — CIQG) a’zoligiga erishdi.