Menyu

Ta’limda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish masalalariga bag‘ishlangan rektorlar forumi bo‘lib o‘tdi

14 Dekabr, 2025

7

“Ta’limda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash va ulardan samarali foydalanish” mavzusida rektorlar forumi tashkil etildi.

Mazkur forum doirasida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan oliy ta’lim tizimida to‘liq raqamlashtirilgan akkreditatsiya va reyting tizimi, shuningdek, sun’iy intellektga asoslangan yagona va integratsiyalashgan ekotizim taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimotda ta’lim tashkilotlari faoliyatini baholash jarayonlarining shaffofligi, tezkorligi va samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi innovatsion yechimlar namoyish etildi.

Forumda respublika bo‘yicha 200 dan ortiq oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlari, ta’lim sohasining yetakchi mutaxassislari, shuningdek, mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirok etib, sun’iy intellekt texnologiyalarini ta’lim jarayonlariga tatbiq etish, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda raqamli vositalardan foydalanish hamda ta’lim sifatini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Anjuman davomida oliy ta’lim muassasalarida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning istiqbollari, ta’lim sifatini monitoring qilish, ma’lumotlarni tahlil qilish asosida samarali boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish bo‘yicha ilg‘or tajribalar va amaliy yondashuvlar taqdim etildi.

Forum yakunlari ta’lim tizimida raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatida sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni keng joriy etish hamda ta’lim sifatini ta’minlashning zamonaviy va barqaror modelini shakllantirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Powered by GSpeech