Menyu

Ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish sharoiti yaratiladi

30 Oktyabr, 2025

257

Ma’lumki, Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan xorijiy akkreditatsiyalarni yurtimizda tan olish tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Shu maqsadda Agentlik va Buyuk Britaniyaning nufuzli AMBA & BGA akkreditatsiya tashkilotlari oʻrtasida kelishuv imzolandi.

Bunga ko‘ra, endilikda AMBA & BGA akkreditatsiya tashkilotlaridan akkreditatsiyadan o‘tgan biznes va menejment dasturlari yurtimizda maxsus akkreditatsiyadan ozod etiladi.

Shuningdek, AMBA & BGA akkreditatsiya tashkilotlari va Agentlik hamkorligida mutaxassislar almashinuvi, seminar-treninglar va malaka oshirish dasturlari tashkil etiladi.

Ma’lumot uchun, hozirgi kunga qadar Markaziy Osiyoda faqatgina 2 ta oliygohning biznes va menejment ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan.

Ushbu kelishuv yurtimiz oliygohlarida ta’lim dasturlarining xalqaro darajada tan olinishi sari qo‘yilgan muhim qadamlardan biridir.

Powered by GSpeech