20 Noyabr, 2025
9
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan kasbiy ta’lim sohasida tashqi sifat kafolatini rivojlantirishga qaratilgan uch kunlik seminar-trening tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Shveytsariyaning VET4UZ loyihasi doirasida jalb etilgan xalqaro ekspertlar ishtirok etib, tashqi baholash jarayonida qo‘llaniladigan zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar va sessiyalar o‘tkazildi.
Seminar-trening dasturi doirasida “Tashqi ekspertlar va koordinatorlarning roli va vazifalari” mavzusida alohida sessiya tashkil etilib, unda tashqi baholash jarayonida ekspertlarning mas’uliyati, baholash mezonlari hamda muvofiqlashtirish mexanizmlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Mazkur seminar-treninglarning asosiy maqsadi — kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlarini akreditatsiya qilish jarayonida ishtirok etuvchi tashqi ekspertlarni tayyorlash, ularning kasbiy kompetensiyasini oshirish hamda xalqaro standartlarga mos tashqi baholash tizimini shakllantirishdan iborat.
Seminar-trening yakunida dasturda muvaffaqiyatli ishtirok etgan 20 nafar tashqi ekspertga sertifikatlar topshirildi. Shundan 5 nafari kasbiy ta’lim, 15 nafari oliy ta’lim tashkilotlarini tashqi baholash bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar hisoblanadi.
Mazkur seminar-treninglar natijasida ishtirokchilar nafaqat tashqi sifatni baholash bo‘yicha, balki ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg‘or xalqaro tajribalar bilan ham yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.