Menyu

AQSh bilan ta’lim sifatini ta’minlash sohasidagi hamkorlik yo‘nalishlari kengaytirilmoqda

29 Yanvar, 2026

12

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi hamda Amerika Qo‘shma Shtatlari elchixonasi o‘rtasida ta’lim sifatini ta’minlash sohasida hamkorlikni kengaytirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida AQShning yetakchi akkreditatsiya tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, ta’lim sifatini ta’minlash sohasida malaka oshirish va kasbiy rivojlanish dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar mazkur yo‘nalishlarda tajriba almashish va ilg‘or xalqaro amaliyotlarni milliy tizimga joriy etish muhimligini ta’kidladilar.

Xususan, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim dasturlari sonini oshirish, ularning xalqaro talablar va mehnat bozori ehtiyojlariga mosligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu jarayonda AQShning nufuzli akkreditatsiya tashkilotlari bilan hamkorlik qilish ta’lim dasturlari sifatini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Shuningdek, uchrashuv doirasida AQShning yetakchi universitetlari va akkreditatsiya tashkilotlari mutaxassislarini O‘zbekistondagi akkreditatsiya jarayonlariga jalb etish, baholash tashriflarida ishtirok etish hamda ekspertlik va maslahat ko‘magini taqdim etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Mazkur uchrashuv AQSh bilan ta’lim sifatini ta’minlash sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, xalqaro akkreditatsiya mexanizmlarini joriy etish hamda milliy ta’lim tizimini xalqaro standartlarga

Powered by GSpeech