O‘zbekiston ta’lim tizimida sifat, adolat va shaffoflik tamoyillariga asoslangan mustaqil baholash va rivojlantirish institutidir. Bizning asosiy maqsadimiz — ta’lim muassasalarining faoliyatini xolisona baholash, ularning davlat ta’lim standartlari va sifat talablariga javob berishini ta’minlashdir.
Agentlik O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan milliy tizimni yaratadi, xalqaro ilg‘or tajribalar asosida baholash mexanizmlarini joriy etadi hamda ta’lim muassasalarini uzluksiz takomillashuv sari undaydi.
Baholash va qaror qabul qilishda xolislik va mustaqillikga amal qilish.
Har bir tashkilot va shaxsga nisbatan tenglik, adolat va imkoniyatlar tengligini ta’minlash.
Jarayonlar va qarorlar ochiqligini ta’minlash, ta’lim muassasasi va jamiyat bilan ishonchli hamkorlikni yo’lga qo’yish.
Ta’lim sifatini doimiy oshirishga intilish va ilg‘or amaliyotlarni qo‘llash
Yangiliklarga ochiqlik, raqamlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish.
Mahalliy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish orqali ta’lim sifatini kuchaytirish.